«Chelsi» Gittensga qancha maosh to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

«Chelsi» Jeymi Gittensga «Borussiya»dan ikki barobar ko‘p maosh to‘lashga tayyor.

Londonliklar 20 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor va uning vakillari bilan «parda ortida» muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda Sky Sport jurnalistlari Florian Plettenberg va Patrik Berger.

«Chelsi» Gittensga yiliga 6-7 million yevro to‘lashga tayyor, «Borussiya»da esa u 3 mln yevro maosh oladi. «Ko‘klar» ingliz o‘z vatanida o‘ynashi kerak deb hisoblamoqda.

Dortmundliklar 50-60 mln yevro evaziga futbolchining transferini muhokama qilishga tayyor.

Jeymi joriy mavsum Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter