17 yoshli argentinalik iqtidor ingliz grandiga o‘tishi mumkin

«River Pleyt» hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Ingliz OAV xabariga ko‘ra, 17 yoshli argentinalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar yozda futbolchining 38 mln funtlik tovon pulini faollashtirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Mastantuono joriy mavsumda 11 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 2 ta assist berdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter