Angliya terma jamoasi futbolchisi «Liverpul»ning ustuvor maqsadiga aylandi
«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers Angliya Premyer-ligasining yana bir grandi transfer maqsadiga aylandi.
22 yoshli futbolchiga avvalroq «Manchester Siti,» «Manchester Yunayted,» «Arsenal» va «PSJ» klublari qiziqish bildirayotgan edi. «Empire of the KOP» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra «Liverpul» yuqoridagi klublarning barchasi ustidan hujumkor xavbek uchun kurashda g‘alaba qozonishga qat’iy bel bog‘lagan. «Qizillar» rahbariyati «Villa» yetakchisini yaqinlashib kelayotgan transfer oynasidagi ustuvor maqsad sifatida belgiladi.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Morgan Rojersning narxi 50 mln yevroga teng.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/