Belyerin «Arsenal» haqida gapirdi
Ektor Belyerin «Arsenal»da o‘ynab, uning ahamiyatini tushunmaganini tan oldi.
«Betis» himoyachisi 2011 yildan beri «Arsenal»ning yoshlar jamoalarida, 2014 yildan 2022 yilgacha esa asosiy jamoada o‘ynagan.
“Men “Arsenal”da o‘ynaganimda, bilasizmi, men juda yosh edim.
Endi “Arsenal”ning o‘yinlarini ko‘rsam, klubga qarab, Voy, qanday katta klub!, deb o‘ylayman. Bu qanchalik katta va qanchalik muhimligini, qancha odamga ta’sir qilganini, qancha odam bu klubni qo‘llab-quvvatlaganini va bu qanchalik katta ekanligini tushunmadim», dedi futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/