Saka: «O‘zimizni qulay his qildik»
«Arsenal» vingeri Bukayo Saka «Real»ga qarshi bahsdagi g‘alabadan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
Mikel Arteta shogirdlari “Santyago Bernabeu”da 2:1 hisobida zafar quchdi.
«Biz dunyoning eng yaxshi jamoalaridan birini uyda ham, mehmonda ham mag‘lub etishga qodir ekanimizni isbotladik. Men juda faxrlanaman. Bu oqshom klub uchun muhim voqea. Bugun o‘zimizni qulay his qildik. Biz past blokda o‘ynashni juda yaxshi bilamiz», dedi Saka.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/