«Bavariya» so‘nggi 5 mavsumda 4-bor YECHL chorak finalida turnirni tark etdi

«Bavariya» so‘nggi 5 mavsumda 4-marta Chempionlar Ligasi 1/4 finalida musobaqani tark etdi.

Myunxenliklar musobaqaning chorak final javob bahsida «Inter» bilan durang o‘ynadi (2:2). Birinchi o‘yinda Vensan Kompani jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

«Bavariya» so‘nggi mavsumlarda turnirni xuddi shu bosqichda yana uch marta yakunlagandi. Jamoa 2020/2021, 2021/22 va 2022/23 yilgi mavsumlarda chorak finalda yurishini to‘xtatgan.

O‘tgan mavsumda «Bavariya» yarim finalga yo‘l oldi va u yerda «Real»ga yutqazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter