De Bryuyne uchun kurashda kutilmagan klub paydo bo‘ldi
Amerikaning «Chikago Fayr» klubi belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuyneni Angliyaning «Manchester Siti» klubidan erkin agent sifatida transfer qilmoqchi.
Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) xabar berdi.
De Bryuyne yaqin haftalarda barcha variantlarni ko‘rib chiqishi kutilmoqda, «Chikago Fayr» futbolchini sotib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, 33 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Manchester Siti»ni tark etishini ma’lum qilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/