Grizmann qoladi

34 yoshli forvard va Madrid klubi shartnomani 2027 yilgacha uzaytirishga kelishib oldi, deb xabar beradi Relevo. Fransiyalik futbolchining yozda ketishi mumkin emas.

«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diyego Simeone hamon Grizmanni asosiy o‘yinchi deb biladi va o‘zi klubdan hujumchini saqlab qolish uchun harakat qilishni so‘ragan.

«Atletiko» Antuan yozda ketishidan qo‘rqardi , u «Los-Anjeles» bilan aloqada edi. Biroq MLSga o‘tish varianti futbolchida shubha uyg‘otdi. U xalqaro tanaffus vaqtida madridliklar bilan muzokaralar olib bordi.

Grizmann joriy mavsumda La Ligada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter