Levandovski: «Men ularni tushunaman, lekin ular ham meni tushunishlari kerak»

Robert Levandovski «Borussiya» muxlislarining harakatlari haqida gapirdi.

«Barselona» Dortmund klubini umumiy hisobda (4:0, 1:3) mag‘lub etib, Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi. Javob o‘yini vaqtida “Borussiya” muxlislari polshalik futbolchi har gal to‘pga teginishida unga hushtak chalishdi.

«Men muxlislarni tushunaman, lekin muxlislar ham meni tushunishlari kerak. Men «Borussiya»ni qanchalik hurmat qilishimni ko‘p bor ko‘rsatdim. «Borussiya» haqida faqat ijobiy xotiralar bor va ular men bilan abadiy qoladi. Bu stadionga qaytish ajoyib tuyg‘u», dedi «Barselona» forvardi.

Levandovski 2010 yildan 2014 yilgacha «Borussiya»da o‘ynagan, shundan so‘ng «Bavariya»ga o‘tgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter