Shesni «Barselona»dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
«Barselona» darvozaboni Voysex Shesnining mag‘lubiyatsiz seriyasi «Borussiya» Dortmundga qarshi o‘yinda yakunlandi.
Polshalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar» safida barcha musobaqalarda o‘tkazgan 22 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan. Muvaffaqiyatli seriya seshanba kuni yakuniga yetdi: «Barselona» Chempionlar Ligasi 1/4 finalida safarda «Borussiya»ga yutqazdi (1:3). Biroq, mag‘lubiyatga qaramay, keyingi bosqichga aynan kataloniyaliklar chiqdi – birinchi o‘yinda ular 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Voysex Shesni o‘tgan yilning oktyabr oyida «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan va yanvar oyida debyut qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/