«Nyukasl» «Real» va «Barsa»dan ildamroq harakat qildi

«Malaga»ning chap qanot vingeri Antonio Kordero tez orada Angliyaning «Nyukasl» klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar allaqachon 18 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini yopgan va tez orada bu haqda e’lon qiladi. Ta’kidlanishicha, Korderoning xizmatlariga «Real» va «Barselona» qiziqish bildirgan, ammo futbolchining o‘zi «Nyukasl»ga o‘tishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda Kordero Ispaniya Segundasida 32ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va oltita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermakrt ekspertlari futbolchining narxini ikki million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter