Benzema fransiyalik yulduzni jamoasiga olib kelmoqchi
Téléfoot nashri xabariga ko‘ra, Karim Benzema Fransiya terma jamoasidagi sobiq sherigi Pol Pogbani Saudiya Arabistonida o‘z jamoasiga qo‘shilishga ko‘ndirmoqchi.
«Manchester Yunayted» va «Yuventus» klublari sobiq yarim himoyachisining doping diskvalifikasiyasi 4 yildan 18 oyga qisqartirilgach, unga faoliyatini davom ettirishga ruxsat berildi. Biroq, Pogba hamon klubsiz qolmoqda.
Fransuz hozirda erkin agent va hali biror klub bilan shartnoma imzolamagan, ammo unga MLS va Yaponiya klublari qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, «Marsel» ham xavbekni olib kelish haqida o‘ylagan, ammo mavsum oxirigacha uni o‘z safiga qo‘shib olishni istamagan. Aytgancha, agar Pogba klubsiz qolsa, yozda u bilan shartnoma imzolshani istagan klublar soni ortadi.
Biroq, Saudiya fransiyalik uchun yangi imkoniyat bo‘lishi mumkin – Benzema harakat qilayotgan «Al-Ittihod» klubida allaqachon kuchli fransuz guruhi bor: Ngolo Kante, Mussa Diabi va murabbiy Loran Blan. Ma’lum bo‘lishicha, Pogba hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/