Edegor: «Madriddan g‘alaba bilan ortga qaytishimiz kerak»

«Arsenal» sardori Martin Edegor «Real»ga qarshi chempionlar ligasi chorak final javob o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Madriddagi javob o‘yini xaqida? Biz Madridga borishimiz va o‘yinni xuddi uyimizdagi o‘yin kabi yakunlab g‘alaba bilan ortga qaytishimiz kerak», – dedi 26 yoshli norvegiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, tomonlarning Londondagi o‘yinida «kanonirlar» 3:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter