Postekoglu: «Tottenxem» uchun yaxshi chaqiriq»
Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Ange Postekoglu Yevropa Ligasi chorak final dastlabki turidan o‘rin olgan «Ayntraxt»ga qarshi o‘yindan nima kutayotgani haqida gapirdi.
«Frankfurt – yaxshi jamoa va Bundesligada yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu yaxshi chaqiruv bo‘ladi, ammo yevrokuboklarda kuchli sakkizlikka kirganingizda, aynan bunday o‘yinlarga tayyor bo‘lishingiz kerak,» – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, o‘yin qiyin kechadi, chunki raqib tarkibi tajriba va yoshlikning yaxshi aralashmasidan iborat.
Shuningdek, Postekogluning so‘zlariga ko‘ra, «Tottenxem» turnirda maksimal natijaga erishishga harakat qiladi, chunki u ko‘pincha yirik musobaqalarning hal qiluvchi bosqichiga chiqa olmaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/