Yamal joriy mavsum allaqachon 30 tadan ortiq golda qatnashdi
Lamin Yamal joriy mavsum «Barselona» safida 15 ta gol urishga yaqin turibdi.
«Barsa» Chempionlar Ligasi 1/4 final dastlabki o‘yinida Dortmundning «Borussiya»sini qabul qildi (4:0).
17 yoshli vinger o‘yinning 77-daqiqasida gol urdi.
Endilikda Yamalning hisobida joriy mavsum kataloniyaliklar safida 42 ta o‘yinda 14 ta gol va 17 ta assist mavjud.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/