«PSJ» – «Aston Villa» va «Barselona» – «Borussiya Dortmund» o‘yinlariga hakamlar tayinlandi
Chorshanba oqshomida Yevropa chempionlar ligasida chorak final o‘yinlarining 2 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi.
O‘sha kuni Parijla «PSJ» «Aston Villa«ni qabul qilsa, «Borussiya Dortmund» Kataloniyada «Barselona» mehmoni bo‘ladi.
UYEFA xabariga ko‘ra, Fransiyadagi o‘yinni italiyalik Maurisio Mariani (rasmda) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borsa, Ispaniyadagi o‘yinda norvegiyalik Espen Eskos ishlaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/