Bundesliganing ikki top klubi Sancho uchun kurashadi

«Chelsi» vingeri Jeydon Sancho Germaniyaga qaytishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Dortmundning «Borussiya»si va «Bayer» yozgi transfer oynasida Sanchoni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Ta’kidlanishicha, «Chelsi» futbolchini «Manchester Yunayted»dan sotib olgan taqdirda ham uni darhol Bundesligaga sotishi mumkin.

Joriy mavsumda 25 yoshli Sancho barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter