«Komo»ning ikki futbolchisi A Seriyada narxi eng ko‘p oshgan o‘yinchilar reytingida yetakchilik qildi
«Komo«ning ikki futbolchisi «Transfermarkt» portalida narxlarning navbatdagi yangilanishi natijasida Italiya A Seriyasida narxi eng ko‘p o‘sgan o‘yinchisi bo‘ldi.
Shu tariqa, «Komo» hujumkor futbolchisi Assane Diao reytingda birinchi o‘rinni egalladi. 19 yoshli vinger 16 mln yevroga qimmatlashdi va endi 25 mln. Uning jamoadoshi, 20 yoshli yarim himoyachi Nikolas Pas 15 mln yevroga qimmatlashdi, endi uning narxi 35 mln.
Uchinchi o‘rinni bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinchilar bo‘lishib oldi. Ular «Fiorentina» vakili Moyze Kin, «binafsharanglilar» himoyachisi Pyetro Komusso, «Atalanta» forvardi Mateo Retegi va «Bolonya» hujumchisi Santyago Kastro. Ularning har biri 10 mln yevroga qimmatlashgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/