Shomurodovning narxi o‘zgarishsiz qoldi
Transfermarkt portali Italiya A Seriyasida harakat qilayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hozirda Rimning «Roma» klubida to‘p tepayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning narxi o‘zgarmadi – 4 million yevro.
29 yoshli o‘zbekistonlik markaziy hujumchi joriy mavsum rimliklar safida 28 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 3 ta assist berdi. Uning shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/