Tuxel Angliya terma jamoasining o‘yiniga baho berdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning Latviyaga (3:0) qarshi o‘yindagi harakatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

JCH-2026 saralashining 2-turidan o‘rin olgan bahsda inglizlar 38, 68 va 76-daqiqalarda Ris Jeyms, Xarri Keyn va Eberechi Ezening gollari evaziga g‘alaba qozondi.

«Oson o‘yin emas, lekin ko‘plab ijobiy vaziyatlar bo‘ldi. Futbolchilarning kayfiyati, energiyasi, xohishidan mamnunman. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni sekinlashtira boshladik, kamroq harakat qildik, bu ma’noga ega emasdi, ammo ikkinchi gol yaxshi bo‘ldi,» – dedi joriy yil boshida o‘z lavozimini egallagan Tuxel ITV bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter