Ris Jeyms: «Tuxelning g‘oyalari aniq»

Ris Jeyms: «Tuxelning g‘oyalari aniq»

Baho: + | –

YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar Rukn: Yangiliklar A A A

«Chelsi» futbolchisi Ris Jeyms Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

Inglizlar germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida dastlabki ikki o‘yinda g‘alabaga erishdi. Dushanba kuni «uch sherlar» jahon chempionati saralash bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Latviya bilan o‘yinda 3:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

«Tuxelning g‘oyalari aniq, oldimizda aniq vazifalar turibdi. Bizning umumiy maqsadimiz bitta. Rivojlanishda davom etish kerak,» – dedi Latviya darvozasiga kiritilgan birinchi gol muallifi Ris Jeyms o‘yindan keyin ITV telekanaliga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter