Motta “YUventus” bilan xayrlashdi
Tiago Motta “Yuventus” bilan xayrlashdi. Kecha Turin klubi 42 yoshli mutaxassis bosh murabbiylikdan chetlatilganini ma’lum qildi.
“Men stressli daqiqalarni boshdan kechirdim va har doim qat’iyat va har kuni yaxshilanish istagini ko‘rsatdim.
Menga ushbu buyuk klubning bir qismi bo‘lish imkoniyatini bergani uchun rahbarlarga, kundalik ishimda meni qo‘llab-quvvatlagan klub rahbariyatiga va barcha odamlarga, birinchi birga ishlaganimizdan beri ko‘rsatgan mashaqqatli mehnati va fidoyiliklari uchun o‘yinchilarga minnatdorchilik bildiraman.
Muxlislar va «Yuventus»ga kelajak uchun eng yaxshi tilaklarimni tilayman», – dedi Motta.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/