Xoselu: «Karvaxal – haqiqiy hayvon»

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Xoselu sobiq jamoadoshi Daniel Karvaxal haqida fikr bildirdi.

«Qaymoqranglilar»ning o‘ng qanot himoyachisi xochsimon payidan olgan jarohati tufayli oktyabr oyi boshidan beri maydonga tushmayapti. 33 yoshli futbolchining safga qaytishi yozga rejalashtirilgan.

«Karvaxal haqiqiy hayvon, qaysar ho‘kiz. Jarrohlik amaliyotidan ikki kun o‘tib, u maydonga qaytish haqida o‘ylay boshlagandi,» – deya Qatarning «Al-Garafa» klubi sharafini himoya qilayotgan Xoseluning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter