Del Pyero: «Jamoaning ahvoli yomon, 2 o‘yinda 7 ta gol o‘tkazib yuborildi»

Alessandro Del Pyero «Yuventus» o‘yinida nima yetishmayotgani haqida fikr yuritdi.

Tiago Motta shogirdlari Italiya chempionatining 29-turida safarda “Fiorentina”ga imkoniyatni boy berishdi – 0:3. 9 mart kuni esa “Atalanta”dan mag‘lub bo‘ldi (0:4).

«Jamoa juda yomon ahvolda va bu «Yuve»ning ruhini umuman aks ettirmaydi. Siz g‘alaba qozonishingiz yoki mag‘lub bo‘lishingiz mumkin, lekin buni doimo boshingizni baland ko‘targan holda qilishingiz kerak.

Maydonda bo‘lganlarning hech biri bor kuchini berdi, deb xotirjam ayta olmaydi.

Maydonda ham, zaxira o‘rindig‘ida ham reaksiya bo‘lmadi: dastlabki uchta o‘zgarish uchta himoyachi edi! Ikki o‘yinda yettita gol o‘tkazib yuborildi, bu yerda izoh berishning iloji yo‘q.

To‘rtinchi o‘rin uchun kurashish uchun bizga reaksiya kerak: klubning o‘zi bu asosiy maqsad ekanini aytadi, ammo “Yuventus”dek klub uchun bu minimal vazifa bo‘lishi kerak”, dedi Alessandro Del Pyero.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter