«Napoli» «MYU» forvardini ko‘zlagan
«Napoli» «Manchester Yunayted» forvardi bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar 22 yoshli Rasmus Xeylundni faol kuzatib bormoqda va uni yozdayoq jamoani tark etishi kutilayotgan Viktor Osimxenga o‘rinbosar sifatida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
«Napoli» rahbariyati kelasi mavsum oldidan Antonio Konte jamoasi tarkibini jiddiy kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/