Angliya chempionati. «Arsenal» «Chelsi»dan ustun keldi, «Tottenxem» «Fulxem»ga yutqazdi
«Arsenal» o‘z maydonida APL 29-turidan o‘rin olgan bahsda «Chelsi«ni mag‘lub etdi – 1:0.
Yagona gol 20-daqiqada Mikel Merino tomonidan kiritildi.
«Arsenal» (58) esa APLda 2-o‘rinda bormoqda. Mikel Arteta jamoasi peshqadam «Liverpul»dan 12 ochko ortda qolmoqda.
«Chelsi» (49) turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Parallel kechgan o‘yinda «Tottenxem» safarda «Fulxem«ga yutqazdi – 0:2.
Gollarga Rodrigo Munis (78) va Rayan Sessenyon (88) mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/