Kurtua: «Biz juda charchaganmiz»
«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga (2:1) qarshi o‘yinni sarhisob qildi.
«Biz o‘ynashimiz kerak bo‘lgan vaqtda o‘ynaymiz, ammo chorshanba kuni 120 daqiqa o‘ynaganimizdan keyin shanba kuni o‘ynash normal holat emas. O‘yinni yomon boshladik, lekin bu normal holat. Biz juda charchaganmiz. La Liga uchta grand jamoaning o‘yinini bir kunga belgilashni istamayapti. APLda Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalar bir kunda o‘ynaydi. Bu jamoaga va futbolchilarimizga nisbatan hurmatsizlik edi, chunki kimdir jarohat olishi mumkin edi,» – deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi Real Madrid TV.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/