Kubarsi: «Mavsum endi boshlanmoqda»
«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi joriy mavsumning so‘nggi qismi haqida fikr bildirdi.
«Aytishim mumkinki, mavsum endi boshlanmoqda, chunki bu hamma narsa hal bo‘ladigan hal qiluvchi palla. Biz bor e’tiborimizni jamlashimiz va barcha sovrinlar uchun kurashishda davom etishimiz kerak,» – deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Joriy mavsumda 18 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/