Xames Rodriges: «Futbol juda zerikarli bo‘lib bormoqda»
Xames Rodrigesning fikricha, futbol juda zerikarli bo‘lib qolgan.
«Futbol meni zeriktiradi, chunki u juda bir xil, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tezkor, kuzatishni istaydigan futbolchilar kam.
Lamin Yamal top-futbolchiga aylanadi. U Messidek mahoratga ega emas, lekin u bilan bir xil yoki Neymar darajasiga chiqishi mumkin.
Men avval hech qachon bunday demaganman, ammo Inyesta Zidan kabi men uchun namunalardan biri edi,» – dedi «Leon» va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/