«Barselona»ning asosiy maqsadi oydinlashdi
«Barselona» joriy mavsumda fenomenal natijalar qayd etayotgan braziliyalik vinger Rafinya Diasni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Barselona» sport direktori Deku yozgi transferlar oynasi ochilishidan oldin ustuvor maqsadni belgilab olgan. Ta’kidlanishicha, klub o‘yinchini yo‘qotishdan himoyalanish uchun Rafinya bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi.
Joriy mavsumda 28 yoshli Rafinya 41 ta o‘yinda 27 ta gol va 19 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/