«MYU» bugun statistikada dahshatli ustunlik namoyish etdi

«Manchester Yunayted» «Real Sosyedad» (4:1) darvozasiga 25 ta zarba yo‘lladi.

10 ta zarba aniq bo‘ldi, xG (kutilgan gollar) ko‘rsatkichi 4,02 ni tashkil etdi. Uchala ko‘rsatkich ham Ruben Amorim murabbiyligidagi bir o‘yindagi eng yaxshi natijalardir.

«Yunayted» «Sosyedad»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra – 1:1 va 4:1 hisobida mag‘lub etib, Yevropa Ligasi 1/4 finaliga yo‘l oldi.

«MYU»ning yakshanba kungi navbatdagi o‘yini APL doirasida «Lester»ga qarshi kechadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter