Ernandes hech qayerga shoshilmaydi, u rahbariyatdan yangi takliflarni kutmoqda

«Milan»ning chap qanot himoyachisi Teo Ernandes klubda qolishga tayyor.

Mish-mishlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchini yaqin orada klubni tark etadi. Ernandesning amaldagi shartnomasi 2026 yilda tugaydi va «Milan» futbolchini erkin agent sifatida yo‘qotmaslik uchun kelasi yozda transfer takliflarini ko‘rib chiqadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, lateralning o‘zi qolishni afzal ko‘radi – u «rossonerilar»dan yangi shartnoma bo‘yicha taklifni kutmoqda.

Bundan tashqari, 27 yoshli futbolchi shartnoma tuzilmagan taqdirda ham «Milan»da o‘ynashni davom ettirishga rozi, ammo bu variant klubga mos kelmasa kerak.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter