Bu safar Ramosning goli ham «Monterrey»ga yordam bermadi

«Monterrey» KONKAKAF Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida «Vankuver» bilan durang o‘ynadi – 2:2. O‘yin Meksikadagi «BBVA Bankomer» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Serxio Kanales hisobni ochdi. Tanaffusdan so‘ng Kanada jamoasi ikkita gol urdi. «Monterrey» qo‘shib berilgan 7-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi – «Real»ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos penaltini aniq amalga oshirdi.

Kanadada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yin durang (1:1) bilan yakunlandi, shuning uchun «Vankuver» mehmonda ikkita gol urgani uchun, chorak finalga yo‘l oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter