Gvardiola: «ECHLga chiqa olmaslik muammo bo‘ladi, lekin bu falokat emas»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Quloq soling, men Chempionlar ligasiga chiqishimizni istayman. U yerga chiqa olmaslik muammo bo‘ladi, lekin bu falokat emas. Premyer-ligada shunday klublar borki, ular Chempionlar ligasiga chiqa olmagan, ammo keyin yana ortga qaytgan.
«Manchester Siti» ketma-ket necha yil Chempionlar Ligasida o‘ynadi? O‘nta? Yo‘q, ko‘proq. Holbuki, bungacha klub biror marta ham turnirda ishtirok etmagandi. Biz g‘ayrioddiy ishlarni qilishga odatlanganmiz va yana urinib ko‘ramiz. Biz o‘sha yerda bo‘lamiz!» – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/