«Liverpul» Enrikening tushlariga ham kirib chiqqan ko‘rinadi
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Renn»ga qarshi Fransiya chempionatining 25-tur uchrashuvi paytida ham «Liverpul» bilan javob o‘yini haqida doimo o‘ylaganini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida parijliklar ingliz klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
“Renn”ga qarshi o‘yin oldidan “Liverpul”ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida o‘yladim.
Albatta, men «Liverpul» haqida o‘ylayman, busiz iloj yo‘q», – deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi L’Equipe.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/