Gvardiola: «Futbolchilarimning shaxsiy hayotlariga aralashmayman»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘z futbolchilarining shaxsiy hayotini nazorat qilmasligini aytdi.

Shu hafta boshida Grilishning Nyukasldagi bardan mast holda chiqib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Bu «Manchester Siti»ning Angliya kubogida «Plimut» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi. Grilish bu bellashuvda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

Grilish yoshligidagi sarguzashtlari bilan tanilgan, ammo Gvardiola mashg‘ulotlar va o‘yinlarda o‘z futbolchilari haqida xulosa chiqarishni afzal ko‘radi.

«Dam olish kuni bu – dam olish kuni. Ularning shaxsiy hayotlari bor, ular xohlagan narsani qilishlari mumkin. Men ularning shaxsiy hayotida nima qilishlarini nazorat qilmayman.

Men ularni maydonda ko‘rganlarim, mashg‘ulotlar va o‘yinlarda ko‘rganlarimga qarab baholayman», – dedi Gvardiola BBC bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter