Maynu «Manchester Yunayted»dan ketishga tayyor
Kobbi Maynu «Manchester Yunayted»ni tark etishga tayyor.
The Guardian nashrining ta’kidlashicha, yarim himoyachi ingliz klubi bilan shartnomani uzaytirish fikridan qaytmoqchi. U boshqa mamlakatda o‘ynamoqchi.
Mankunianliklarning tarbiyalanuvchi bilan amaldagi kelishuvi yana ikki yilga mo‘ljallangan, ammo «qizil iblislar» moliyaviy ahvolini o‘nglash uchun futbolchini sotishga tayyor bo‘ladi. 19 yoshli xavbek 70 mln funtga baholanmoqda.
Hozircha «MYU»ning boshqa klublar bilan muzokaralari yo‘q. Jamoada Maynu bilan kelishish uchun hali imkoniyat borligiga ishonishmoqda.
Bu mavsumda Kobbi APLda 18 ta o‘yin o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/