«Chelsi» tarkibi rekord narxga baholandi
«Chelsi» tarixidagi eng qimmat jamoa deb topildi.
UEFA hisobotiga ko‘ra, «Chelsi»ning tarkibi 2024 yil yakuniga ko‘ra 1,66 milliard yevroga baholangan. Bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. “Ko‘klar” “Real Madrid”ning 2020 yilda o‘rnatilgan rekordini (1,33 milliard) yangiladi.
Yana uchta klub hozirgi tarkibi uchun milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflagan: “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”.
2024 yildagi eng qimmat 20 ta jamoadan 9 tasi Angliya klublari tomonidan to‘plangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/