Klaudio Ranyeri UYEFA tomonidan jazolandi

Italiyaning «Roma» klubi bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Portu»ga (1:1) qarshi o‘yindan keyin hakam Tobias Shtiler va hakamlar kengashi rahbari Roberto Rozettiga tanqidiy fikr bildirgani uchun UEFA tomonidan 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Ranyeri hakam Italiya jamoasiga nisbatan noxolis munosabatda bo‘lganini taxmin qilgan va «Roma» yarim himoyachisi Brian Kristantening chetlatilishidan norozi bo‘lgan. Shuningdek, 73 yoshli mutaxassisning tanqidlari Roberto Rozettiga ham yetib bordi. Murabbiy uning Shtilerni o‘yinga tayinlash qarorini shubha ostiga qo‘ydi. Uning qayd etishicha, Shtiler hakamlik qilgan 22 ta o‘yinda mehmon jamoalar atigi 9 ta durangga erishgan, qolgan barcha o‘yinlarda mezbonlar g‘alaba qozongan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter