Enrike: «Chorshanba kuni ko‘p narsani o‘zgartirmoqchi emasmiz»
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatida «Lill» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:1) fikr bildirdi.
Parijliklarning navbatdagi raqibi Chempionlar ligasidagi “Liverpul” bo‘ladi.
«Biz chorshanba kuni ko‘p narsani o‘zgartirmoqchi emasmiz. «Liverpul» biroz «Lill»ga o‘xshar edi, biz ularni orqadan hujum uyushtira olmasligi uchun bosim ostida qoldirdik – ular uzun to‘plar bilan o‘ynashlari kerak edi.
Albatta, «Liverpul»ga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi, lekin biz yaxshi davrni boshdan kechirmoqdamiz», – dedi Enrike jurnalistlarga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/