Xabi Alonso 4:1 hisobidagi g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Leverkuzenning «Bayer» klubi ustozi Xabi Alonso Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga qarshi safar o‘yinidagi yirik g‘alabaga izoh berdi. Unda «dorishunoslar» 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«O‘yinimiz va natijamizdan mamnunman. O‘yin «Bayer» uchun ajoyib o‘tdi. Menimcha, biz mukammal o‘yin o‘tkazdik. Biz uchun hozir natijalardagi barqarorlik juda muhim. Futbolchilar mavsumning yakuniy qismiga to‘liq tayyor holda kelishmoqda,» – deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Bundesliga matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter