SSKA so‘nggi to‘rtta uchrashuvning bittasida g‘alaba qozondi
SSKA RPLdagi so‘nggi 4 uchrashuvning 1 tasida g‘alaba qozongan.
Rossiya chempionatining 19-turida SSKA safarda “Zenit” bilan durang o‘ynadi (0:0).
Bungacha RPL doirasidagi uchta uchrashuvda Marko Nikolich shogirdlari “Rostov”ga yutqazgan (1:2), “Rubin” bilan durang o‘ynagan (2:2) va “Fakel”ni mag‘lub etgan (1:0).
SSKA 32 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/