«Liverpul» «Chelsi» himoyachisi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Levi Kolvill Angliyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin.
«Rousingthekop» xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchini «Liverpul» o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, mersisaydliklar uzoq vaqtdan beri futbolchining o‘sishini kuzatib kelmoqda va yozda «Chelsi»ga himoyachi transferi bo‘yicha taklif bilan chiqmoqchi.
Bu mavsumda Kolvill «Chelsi» safida 25 ta jangda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchining London klubi bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi, Kolvillning transfer narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/