«Chelsi» «Barselona» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
«Chelsi» «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado xizmatlariga qiziqishda davom etmoqda. Bu haqda «TodoFichajes» portali o‘z sahifalarida ma’lum qildi. Londonliklar bosh murabbiyi Enso Mareskaning fikricha, Kasado uning taktik sxemasiga juda mos tushadi.
21 yoshli Kasadoning «Barselona» bilan shartnomasida uni 100 million yevroga sotib olish bandi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, kataloniyaliklar xavbek bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Kasadoning o‘zi ham «ko‘k-anorranglilar» safida qolishga qaror qilgan. Bularning barchasi yosh futbolchining «Stemford Brij»ga o‘tishi dargumonligini ko‘rsatadi.
2024/2025 yilgi mavsumning 32 o‘yinida Mark Kasado 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/