Mottaning «Yuventus»dagi kelajagi Chempionlar ligasiga bog‘liq
Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Tiago Mottaning klubdagi kelajagi Chempionlar ligasiga bog‘liq.
Jurnalist Nikolo Shkiraning xabar berishicha, 42 yoshli italiyalik mutaxassis, agar «byankonerilar» A Seriyaning joriy mavsumida Italiyaning kuchli to‘rtta jamoasi orasidan joy olmasa, ishdan ayrilishi mumkin.
“Yuventus” 25 o‘yinda 46 ochko jamg‘argan holda Italiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/