Minyole Lukmanning penaltisini qaytarganiga izoh berdi
«Bryugge» darvozaboni Simon Minyole Chempionlar Ligasi 1/16 finalidan o‘rin olgan «Atalanta»ga (3:1) qarshi javob o‘yinida qaytarilgan penalti haqida fikr bildirdi.
«Ular ikkinchi bo‘lim boshidayoq gol urishdi, keyin darvozamizga penalti belgilandi.
Darvozabonlar murabbiyimiz bilan gaplashdim, ammo Lukman to‘pga yaqinlashishini kutmagandik. Axir u so‘nggi paytlarda jarohat sabab o‘yinlarda ishtirok etmayotgandi.
Lekin men sakrash uchun to‘g‘ri yo‘nalishni tanladim va zarbani qaytardim. Keyin yaxshi himoyalandik va g‘alabani saqlab qoldik,» – dedi Minyole.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/