Italiyalik insayder ham Eriksen bo‘yicha xabarlarni tasdiqladi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kristian Eriksen mavsum yakunida jamoani tark etadi, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.

33 yoshli daniyalik ingliz klubi rejalariga kiritilmagan.

Yozda futbolchining shartnomasi tugaydi, shuning uchun u erkin agent sifatida ketadi.

«Yunayted» xavbekni 2022 yilning yozida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgandi. O‘shandan beri u 93 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu mavsumda – 21 o‘yinda 4 gol va 4 assist.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter