Kostakurta Teoni «Milan»ning Chempionlar ligasidan chiqib ketishida ayblamoqda
Alessandro Kostakurta «Milan»ning Chempionlar ligasidagi o‘yinini tanqid qildi.
«Bugun «Milan»ning mavsumiga katta bolta tushdi. Ikki o‘yinlik qarama-qarshilikda bunchalik ko‘p xatolarni anchadan beri ko‘rmagandim. Ularni, ayniqsa Teoning tajribasini hisobga olgan holda, sodir etganlarni qabul qilish mumkin emas.
Ishonch bilan ayta olamizki, «Milan»ning ligadan chiqib ketishida Ernandes aybdor», – dedi «rossoneri»larning sobiq himoyachisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/