«Milan» hujumchisi Chempionlar ligasi tarixiga kirdi
«Milan» forvardi Santyago Ximenes Chempionlar ligasining bir mavsumida bir klub safida va unga qarshi o‘yinlarda gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Meksikalik mavsumni «Feyenoord»da boshladi va Chempionlar Ligasining bu mavsumida 5 ta gol urdi. Qishki transfer oynasida hujumchi «Milan»ga o‘tdi va uning tarkibida Chempionlar Ligasi pley-offining javob o‘yinida (1:1) Rotterdam klubi darvozasini ishg‘ol qildi.
Ximenes bu mavsum «Milan» safida 5 ta o‘yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/