«Barsa» Rokeni «Betis»dan qaytarib olmoqchi
«Betis«da ijara asosida o‘ynayotgan «Barselona«ning braziliyalik hujumchisi Vitor Roke muddatidan avval Kataloniya klubiga qaytishi mumkin.
«Fichajes» xabariga ko‘ra, Braziliyaning «Palmeyras» klubi 19 yoshli forvard xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va futbolchini shu qishda sotib olishga tayyor. Xabar qilinishicha, «Barselona» Rokening ijarasini tugatish uchun «Betis» bilan muzokaralarni boshlagan va agar hammasi yaxshi bo‘lsa, hujumchi tez orada vataniga qaytishdan oldin «ko‘k-anorranglilar» safiga qaytishi mumkin.
Joriy mavsumda Roke barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/